07Jul-2026
(Ўзбекча) Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida davra suhbati
Bugun, 30-iyun kuni Qoʻngʻirot
tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Jayhun-2” bolalarning yozgi dam olish markazida “Kutubxona reportajlari” mavzusida Ommaviy axborot vositalari (OAV) toʻgʻrisida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlodning media-savodxonligini oshirish, zamonaviy axborot makonida toʻgʻri va xolis axborot tarqatish koʻnikmalarini shakllantirish hamda kutubxona hayotini qiziqarli reportajlar orqali yoritish sirlarini oʻrgatishdan iborat boʻldi.