26Oct-2026
Davlat tili — davlatning ruhi
Davlat tili — davlatning ruhi!
Alisher Navoyi nomidagi O’bekiston Milliy kutubxonasinig 2026 yil 6-oktabrdagi 01-12/962-son xati ijrosini taminlash maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-sonli qarorining 7-band (g) kichik bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2026 yil 8-oktabr kuni, Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazida umummilliy diktant loyihasi o‘tkazildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yanada oshirish, o‘zbek tilida savodli yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda imlo qoidalariga rioya etish madaniyatini mustahkamlashdan iborat.
Diktantda Axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etib, o‘zlarining savodxonlik darajalarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilarning diktant ishlari belgilangan mezonlar asosida baholanadi.
