05Oct-2026
Siyosiy-ma’rifat soati
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari siyosiy-ma’rifat soatining navbatdagi sonida onlayn tarzda faol ishtirok etdilar.
Siyosiy-ma’rifat soatining ushbu sonida hafta davomida mamlakatimizda ro‘y bergan eng muhim siyosiy, ijtimoiy, ta’lim, sport va iqtisodiy voqealar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Haftaning eng muhim voqealaridan biri — Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston Milliy terma jamoasining mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritgani bo‘ldi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan shaxmatchilarimiz Toshkentdagi Shimoliy vokzalda tantanali ravishda kutib olindi. Yigitlarimiz qo‘lidagi chempionlik kubogi hamda baland hilpiragan O‘zbekiston bayrog‘i barchaga o‘zgacha bayramona kayfiyat va cheksiz faxr-iftixor bag‘ishladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaxmat va para-shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari, ularning ota-onalari hamda murabbiylari bilan uchrashdi. Chempion va sovrindorlarga davlat mukofotlari hamda Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
