18Aug-2026
“Mutolaa” platformasiga bag‘ishlangan targ‘ibot
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PF-66-sonli “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 29-apreldagi 47-sonli buyrug‘i hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazining 2026-yil 7-apreldagi 11-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida MMTBga qarashli 1-sonli maktabda “Mutolaa” platformasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirni Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari G. Allayarova va B. Mustafayevalar olib bordilar. Davra suhbatining asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ayniqsa chekka hududlardagi o‘quvchilarni mutolaa jarayoniga keng jalb etish hamda 2026–2030-yillar davomida ularning kamida 30 foizini “Mutolaa” loyihasida faol ishtirok etishga undashdan iborat bo‘ldi.
📚Tadbir davomida ishtirokchilarga “Mutolaa” platformasining qulayliklari, undan foydalanish tartibi va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mavzuga oid videoroliklar namoyish etilib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Davra suhbatida 80 nafardan ortiq o‘quvchi faol qatnashdi.
📚Shuningdek, maktab hamda Axborot-kutubxona markazi o‘rtasida ko‘chma kutubxona xizmatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu hamkorlik o‘quvchilarning kitob va axborot resurslaridan yanada keng va samarali foydalanishiga xizmat qiladi.
