18Aug-2026
«Innovatsiyalar, sun’iy intellekt va robototexnika kuni»
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi «Innovatsiyalar, sun’iy intellekt va robototexnika kuni» doirasida amaliy muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlar seriyasida tumandagi IT Markazi soha mutaxassislari bilan birgalikda “Sun’iy intellekt va kelajak kasblari” mavzusida yoshlar uchun ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbir davomida:
🔹 Mehnat bozorida ommalashayotgan zamonaviy kasblar va texnologik tendensiyalar muhokama qilindi;
🔹 Yoshlar uchun sun’iy intellekt vositalaridan amaliyotda to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi;
🔹 Neyrotarmoqlar yordamida ta’lim olish, kontent yaratish va IT sohasida bilimlarni oshirish usullari ko‘rsatib berildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olib, zamonaviy texnologiyalarni amalda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
