18Aug-2026
«Kitob koʻrgazmasi»
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov tavallud topgan kun munosabati bilan kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
Bugun, 5-avgust — inson ruhiyati, ona mehri va hayot haqiqatlarini yuksak maxorat bilan qalamga olgan betakror yozuvchi Oʻtkir Hoshimov (1941–2013) tavallud topgan kun.
Qoʻngʻirot tumani Axborot-kutubxona markazida adib hayoti va ijodiga bagʻishlangan maʼrifiy kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
Koʻrgazmada adibning barcha sevimli asarlari oʻrin olgan:
▫️ «Dunyoning ishlari» — ona muhabbati va insoniylik madhi
▫️ «Ikki eshik orasi» — murakkab taqdirlar va davr manzarasi
▫️ «Tushda kechgan umrlar» — inson ruhiyatining teran tahlili
▫️ «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» — hayotiy hikmatlar toʻplami
Barcha kitobxonlar va adabiyot ixlosmandlarini kutubxonamizda tashkil etilgan koʻrgazmaga taklif etamiz!
📍 Manzil: Qoʻngʻirot tumani Axborot-kutubxona markazi
