03Aug-2026
«Yaldo kechasi» kitobi hamda boshqa sevimli manbalar tahlili
Sayilgohda ma’rifat, nafosat va milliy ruh tuyg’usi!
Qo‘ng‘irot tumani «Yoshlar sayilgohi» da milliy liboslar jilosi va kitob sahifalarining sehri bir nuqtada tutashdi. Atlas va adras liboslaridagi ma’rifatparvar qizlarimiz nafaqat kitobxonlik madaniyatini, balki milliy hunarmandchilik an’analarimizni yuksak mahorat bilan namoyon etishdi.
🏛 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi hamda Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamkorligida tashkil etilgan ushbu ma’rifiy gurungda:
📚 O‘zbek adabiyotining durdona asarlaridan biri — «Yaldo kechasi» kitobi hamda boshqa sevimli manbalar tahlil qilindi;
🪡 Milliy kashtachilik sirlari va kashta tikish san’ati bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi;
🌿 Ochiq havoda, tabiat qo‘ynida samimiy va ma’rifiy muloqot bo‘lib o‘tdi.
