03Aug-2026
Siyosiy-ma’rifat soati
Siyosiy-ma’rifat soatining bugingi sonida: Prezidentimizning Toshkent viloyatiga tashrifi tahlil qilindi
Bugun kutubxona xodimlari ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarni oshirish maqsadida navbatdagi «Siyosiy-ma’rifat soati» da onlayn tarzda faol qatnashdilar.
Tadbirkorlik, ta’lim va zamonaviy texnologiyalarga alohida e’tibor qaratilgan ushbu o‘quv soatining markaziy mavzusi — Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatining Nurafshon shahriga tashrifi hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bo‘ldi.
Tashrif doirasida yoritilgan asosiy voqealar:
Jamoatchilik bilan tantanali uchrashuv:
Prezidentimiz Nurafshon shahridagi yangi «Yangi O’zbekiston» bog’ida Toshkent viloyati faollari va jamoatchilik vakillari bilan ochiq, samimiy va tantanali uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda aholi farovonligini ta’minlash borasidagi istiqbolli rejamiz muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari Nurafshon shahridagi maxsus texnikalar ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi. U yerda mahalliy sharoitda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy maxsus texnika mahsulotlari, ularning sifati va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi.
Prezidentimiz Nurafshon shahridagi Cyber university davlat Universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, hududda «Kelajak texnologiyalari markazi» hamda boshqa qator muhim ijtimoiy va infratuzilma obyektlari qurilishiga rasman start berildi.
O‘tkazilgan siyosiy-ma’rifat soati kutubxona xodimlarining mamlakatimizda kechayotgan islohotlar, ilm-fan va sanoat sohasidagi yangilanishlar haqida tushunchalarini yanada boyitdi hamda jamoaning ma’naviy-davlatlik dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qildi.
