30Jul-2026
«Ijod va iste’dod» kuni
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi hamda «Jayxun-2» bolalar dam olish oromgohi tarbiyalanuvchilar o‘rtasida «Ijod va iste’dod» kuni tashkil etildi.
Ushbu tadbirda o‘quvchilar o‘zlarining yashirin iste’dodlari va mahoratlarini namoyish etishdi. Bolajonlar tomonidan ijro etilgan jozibali raqslar va jonli ijrodagi sho‘x qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Shuningdek, dastur davomida bolalar uchun maxsus qo‘g‘irchoq teatri sahna ko‘rinishi ham namoyish etildi. Qiziqarli va rang-barang chiqishlarni oromgohdagi barcha tarbiyalanuvchilar katta qiziqish bilan tomosha qilib, o‘z tengdoshlarini davomli olqishlar bilan qo‘llab-quvvatlab turishdi. Bu kabi mashg‘ulotlar bolajonlarning ta’til kunlarini unutilmas va quvnoq o‘tkazishlariga xizmat qilmoqda.

