24Jul-2026
«Tabiat qo‘ynida kitob o‘qish» soati
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Jayhun-2″oromgoh tarbiyalanuvchilari o‘rtasida «Tabiat qo‘ynida kitob o‘qish» soati bo‘lib o‘tdi. Mazkur kitobxonlik soati yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ularda mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda yozgi ta’til kunlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.
Yashillik burkangan ochiq osmon ostida o‘tkazilgan ushbu ma’rifiy mashg‘ulot bolajonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Oromgoh bag‘ridagi toza havo va osoyishta muhit kitobxonlik uchun ajoyib zamin yaratdi.
Tabiat qo‘ynida kitob o‘qish yoshlarning ham jismoniy, ham ma’naviy dam olishiga yordam beradi. Bunday mutolaa soatlari oromgoh hayotini yanada rang-barang qilib, yoshlarni mobil telefonlar va ijtimoiy tarmoqlardan biroz uzoqlashgan holda, jonli muloqot va kitob dunyosiga sho‘ng‘ishlariga imkon yaratadi.
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan yoz mavsumi davomida yoshlar o‘rtasida bu kabi ma’rifiy loyihalarni tizimli ravishda davom ettirish rejalashtirilgan.
