27Nov-2024
Jadidlar
Jadidlar XIX asr oxiri – XX asr boshida yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish; dunyoviy ilmlarni, zamonaviy fan va texnikani egallab, taraqqiy topgan millatlar darajasiga ko‘tarilish; turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish, qoloqlikka qarshi ma’rifat bilan kurashishga intilgan hatto aziz umrlarini ham fido qilishdi. Prezidentimiz Murojaatnomada: «Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur o‘rganishimiz lozim. Ularning ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va fidoyiligi Yangi O‘zbekistonni qurishda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi zarur» deb alohida ta’kidlagan edi.Shu maqsadda 8-noyabr kuni Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazida Milliy Gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi 98166-harbiy qismi bilan birgalikda “Millat ziyolilari” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Tadbirda jadidchilik harakati namoyandalarining ezgulik yo‘lida olib borgan kurashlari, ularning asrlar davomida orzu qilingan gʻoyalar yurtimizda amalga oshirilayotgani haqida ma‘lumotlar aytildi. Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi Ismaylova Mavluda Shukrulloning “Kafansiz ko‘milganlar” kitobi taqdimotini o`tkazdi va shu asar asosida tayyorlangan booktyube namoyishi taqdim qilindi.



