02Dec-2025
“Ayol yuksalsa millat yuksaladi”
🟠 2025-yil 27-noyabr kuni Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazida
2025-yil 25-noyabr – 10-dekabr kunlari o‘tkaziladigan, Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan “Ayol yuksalsa, millat yuksaladi” mavzusida keng qamrovli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ushbu ko‘rgazma ayollar huquqlarini himoya qilish, jamiyatda gender tenglikni mustahkamlash va zo‘ravonlikning oldini olish borasida aholining xabardorligini oshirishga qaratildi. Ko‘rgazmada:
🔸 ayollar huquqi va erkinliklariga oid adabiyotlar
🔸 oilaviy munosabatlar, ijtimoiy faollik va gender tenglikka bag‘ishlangan kitoblar jamlangan.
🟣 Ayolni qo‘llab-quvvatlash — jamiyatning kelajagini qo‘llab-quvvatlashdir.
🟣 Ayolning hurmati, qadri va xavfsizligi — millat taraqqiyotining asosiy omili.
Har bir ayolning o‘zini erkin, baholi qudrat xavfsiz his qilishi — barchamizning umumiy vazifamizdir.
